Karim Benzema: “Braziliyalik Ronaldo menga orzularga ishonishni o'rgatdi”

Tolibjon Qosimov
4 iyun 2014
“Real Madrid” hujumchisining so'zlariga ko'ra, uning uchun doimo kumir va eng yaxshi futbolchi bo'lib qoladigan inson bu braziliyalik Ronaldo.
“Realga o'tganimda mening bolalikdagi orzuim ushalgan. Bolaligimda men Ronaldo qayerda o'ynagan bo'lsa men ham o'sha erda o'ynashni orzu qilardim. U tarixdagi eng yaxshi to'purar. U mening kumirim va men u ishtirokidagi videolavhalarni ko'p ko'rib, o'zim uchun kerakli narsalarni olganman. Ronaldo menga orzularga ishonishni o'rgatdi”, - deydi Benzema “France Football”ga bergan intervyusida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net