"Kardiff Siti" ustozi: "Manchester Siti"ga qarshi bahsda 10-11 futbolchini himoyaga qo'yaman"

Aslanov Jasurbek
1 apr 2019
"Kardiff Siti" bosh murabbiyi Nil Uornokning so'zlariga ko'ra, u "Manchester Siti"ga qarshi Angliya Premer-ligasi doirasidagi bahsda zaxira tarkibni maydonga tushirishi haqida gapirdi.

Mutaxassis bu gaplarni "Chelsi"ga qarshi bahsdan so'ng aytdi. Ushbu o'yinda hakamlar London klubining ofsayddan urgan golini hisobga oldi.

"Manchester Siti"ga qarshi bahsda hisob yirik ko'rinish olishiga halal berishimiz mumkin. Ammo zaxira tarkibni maydonga tushirsam kerak. Jurnalistlar bu haqida qanday fikr bildirishi qiziq. "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda himoyaga 10-11 futbolchini qo'ysam kerak. Hozir kimga qarshi o'ynashing muhim emas. Eng asosiysi bayroqcha va xushtak kimning qo'lida ekanligi" - deydi Uornok.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo