Kapello: "Mourinyo PSJ, MYU yoki "Real"ga, Gvardiola esa "Manchester Siti"ga to'g'ri keladi"

Aslanov Jasurbek
22 dek 2015
Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello "Bavariya" ustozi Xosep Gvardiolaning kelajagi borasida fikr bildirdi.

"Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" murabbiylarining darajasi bir xil deb o'ylayman. Bu muammoni chempion bo'lishni istagan kuchli futbolchilar hal qilishi mumkin. Gvardiola? Men uni "Siti"da ko'ryapman.

Mourinyo uchun esa 3ta variant bor - PSJ, "Manchester Yunayted" va "Real". U terma jamoada ishlashni yoqtirmaydi. O'ylashimcha Joze men keltirib o'tgan jamoalarning birini boshqaradi" - deydi Kapello.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia