Kapello: "Bu Italiya terma jamoasida "dux" yo'q"

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2025
Fabio Kapello "Inter"ning 37 yoshli himoyachisi Franchesko Acherbining Italiya terma jamoasida o'ynashdan bosh tortishini sharmandalik deb atadi.

Acherbi iyun boshida 2026 yilgi JCH saralash turnirida Norvegiya va Moldovaga qarshi o'yinlar uchun terma jamoaga borishdan xohlamadi, shundan so'ng Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti o'z vazifasini tark etdi.

Acherbi shunday dedi: "Men bahona izlamayman, lekin hurmat talab qilaman. Bu CHL finalida yutqazganimdan paydo bo'lgan "depressiya" emas – men murabbiy g'oyalarining bir qismi emasman". Luchano javob berdi: "Bir kun u menga qayerda hurmatsizlik qilganimni tushuntirishi kerak. Men esa uning menga va jamoaga bo'lgan hurmati haqida nima deb o'ylayotganimni aytaman".

– O'yinchining o'z mamlakati uchun o'ynashdan bosh tortishi – sharmandalik.

– Italiya ketma-ket uchinchi marta jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkinmi?

– Bu meni g'azablantiradi. Ushbu terma jamoada "dux" yo'q, ko'ramiz, Gattuzo ularga bu "dux" singdira oladimi, – dedi "Milan", "Yuventus", "Real" va "Roma"ning sobiq bosh murabbiyi Kapello.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca