

Avvalroq, "Manchester Yunayted" sobiq a'zosi klub direktori lavozimini egallashi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
"Hozir bir nechta klub bilan muzokaralar davom etmoqda. Shu jumladan, "Tobol" bilan ham. Vaqti kelsa, barchasini bilib olasiz. Shoshilmaslik muhim. "Tobol"da qaysi lavozimni egallayman? O'ng qanot yarim himoyasida o'ynamoqchiman. Shu borasida muzokara o'tkazyapmiz".
54 yoshli mutaxassisning oxirgi ish joyi Namanganning "Navbaxor" klubi edi. Andrey Antanasovich namanganliklar safini 2020 yil oktyabr oyida tark etgandi.



