“Kamp Nou”da “Ayntraxt” muxlislari nega ko'payib ketgani ma'lum bo'ldi. Stadion oq rangga burkangandi

Eldor Akmurzayev
16 apr 2022
Yevropa Ligasi chorak final javob bahsida “Ayntraxt” 3:2 hisobida “Barselona”ni engib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

Kataloniyaliklar mazkur o'yindagi voqeadan keyin ichki tekshiruv o'tkazdi. “Kamp Nou”da nemis jamoasi muxlislarining soni 30 mingga yaqin edi, bu esa mezbon ishqibozlarning noroziligigaga sabab bo'ldi.

“Barselona” raqib jamoa muxlislari uchun 5000 chipta ajratgandi, ammo bahs kuni stadionda ularning soni haddan tashqari ko'p edi. Ma'lum bo'lishicha, turoperatorlar frankfurtliklarga chipta xaridi uchun ko'maklashgan, shuningdek, olib-sotarlar ham chetda turmagani aytilmoqda. Chiptalar qo'lga chiqib ketgan.

“Barsa” mutasaddilari “Ayntraxt” ishqibozlari uchun onlayn chipta savdosini vaqtida to'xtatmagani aniqlandi. Oqibatda “Kamp Nou” o'zi uchun noodatiy bo'lgan oq rangga burkandi. Klub prezidenti o'tgan voqeani “sharmandalik” deya atab, bunday holat boshqa takrorlanmasligiga vada berdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo