Kamoliddin Tojiev: "Shackix qachon qaytadi? Buni shifokorlardan so'raymiz"

Administrator
25 sen 2024
Superliganing 20-turi doirasidagi "Paxtakor" hamda "Olimpik" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng (6:0) mezbonlar ustozi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Yigitlar o'zlariga berilgan vazifani to'liq bajarishdi. Dastlabki daqiqalarda biroz moslasha olmadik. Lekin keyinchalik yigitlar o'z darajalaridagi o'yinni ko'rsata olishdi.

-Bosh murabbiy Maksim Shackixning sog'lig'i bilan bog'liq muammolari borligi aytildi. Shu haqida nimalar deya olasiz?

-Shunday. Uning sog'lig'ida muammolar bor. Qachon qaytishi aniq emas.

-Keyingi o'yin OCHLda "Persipolis"ga qarshi bo'ladi. Bosh murabbiy Eronga boradimi?

-Buni shifokorlardan so'raymiz. Bu borada to'liq ma'lumotimiz yo'q.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia