Kamoliddin Tojiev: "Maydonda o'n kishi qolib ham o'zimizni ko'rsata oldik"

Iskandarov Abdulaziz
22 avg 2025
Superliga 20-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" (2:6) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

 O'yin haqida fikringiz?

- Bahs to'liq jamoamiz ustunligida kechdi. Futbolchilarga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytaman. Maydonda o'n kishi qolib ham o'zimizni ko'rsata oldik. 

- Yirik hisob qayd etilishini kutganmidingiz?

- Shuni aytishim mumkin, biz faqat g'alaba uchun kelgandik. Lekin hisob bunaqa yirik bo'lishini kutmagandim.

- Jamoani bu o'yinga tayyorlash qiyin bo'lmadimi? Chunki "Andijon" bosh murabbiyi Maksim Shackix "Paxtakor"ga begona emas.

- Boshqa o'yinlarga qanday hozirlik ko'rsak, bu uchrashuvga ham shunday tayyorgarlik ko'rdik. Yigitlarga rahmat, ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Shuning uchun ham g'alaba qozondik.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia