Kamerun terma jamoasi O'zbekiston bilan o'yin uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi

Og'abek Samisov
20 sen 2022
Yana 3 kundan so'ng, 23 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Jahon chempionati ishtirokchisi bo'lgan Kamerun terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

3 kun avval, 17 sentyabr kuni milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets ushbu o'yin hamda mazkur uchrashuvdan 4 kun keyin o'tkaziladigan Kosta-Rikaga qarshi o'yinlar uchun yakuniy tarkibni e'lon qilgan edi

Dastlabki raqibimiz Kamerun termasi ham O'zbekiston va Janubiy Koreya bilan bo'ladigan uchrashuvlar uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi. Terma jamoa yulduzlaridan biri - "Inter" darvozaboni Andre Onanadir. 

Mavzuga doir: Kamerun va Kosta-Rika terma jamoalari va ular qanday o'ynashi haqida nimalarni bilishingiz kerak? Nikolay Egorichevdan tahlil


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia