Kamen Xajiev: "Paxtakor" oddiy jamoa emas, buyuk tarix va sovrinlarga ega klub"

Eldor Akmurzayev
15 fev 2022
"Paxtakor" jamoasi ertaga Turkiya yig'inidan o'rin olgan uchinchi o'rtoqlik uchrashuvida Tibilisining "Dinamo" klubi bilan o'ynaydi.

Bugun jamoaning mashg'ulotida bo'lgan saytimiz muxbirlari bir qator intervyular tashkil qilishdi. Yaqindagina "sherlar" a'zosiga aylangan bolgariyalik himoyachi Kamen Xajiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Men oddiy jamoaga kelganim yo'q. "Paxtakor" buyuk tarixga, sovrinlarga ega jamoa. O'zbekistonda futbolni yaxshi ko'rishlarini bilaman. Yangi oilam meni iliq qarshi oldi. Hammasi ko'ngildagidek, deya olaman. Superkubok bilan o'yinga tayyorgarlik juda yaxshi ketyapti. Turkiyadagi yig'inlar albatta samarali bo'ladi, degan umiddaman. 

Menga raqobatlashish yoqadi. "Paxtakor"ning markaziy himoyasida mendan tashqari futbolchilar ham bor. Hamjihatlikda marralarni zab etamiz", - deydi Kamen Xajiev.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia