Kalvert-Lyuin "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jarohat oldi

Alisher
11 fev 2021
"Everton" forvardi Dominik Kalvert-Lyuin Angliya Kubogi 1/8 final doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyining assistenti Dankan Fergyuson aytdi.

"Dominik son suyagidan jarohat oldi. U tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Ushbu jarohat jamoaga salbiy ta’sir qilishi mumkin", - deydi mutaxassis.

23 yoshli hujumchi ikkinchi taym boshida almashtirildi. Bungacha Dominik bitta gol va bitta assist qayd etishga ulgurdi.

Futbolchi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Talksport