Kallum Xadson-Odoining maoshi necha karra oshdi?

Alisher
20 sen 2019
"Chelsi" hujumchisi Kallum Xadson-Odoi klubi bilan yangi shartnoma imzolaganligi haqida xabar bergan edik.

Shunday qilib, 18 yoshli futbolchining maoshi 48 karra oshdi.

Oldinroq, u 2,5 ming funt ishlab topayotgan edi. Yangi shartnomaga ko'ra, forvard 120 ming funt maosh oladi.

Futbolchi shu yildan e'tiboran Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Xadson-Odoi o'tgan mavsum APLda 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: The Guardian