Kalderon: "Lopetegining iste'fosi - Peresning yana bir injiqligi"

Aslanov Jasurbek
30 okt 2018
"Real" sobiq prezidenti Ramon Kalderon jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegining iste'fosi haqida fikr bildirdi.

"Afsus, ammo bu Florentino Peresning yana bir injiqligi. To'rt oy oldin Lopetegi jamoa uchun eng to'g'ri variant edi, endi esa buning aksi. U Ispaniya terma jamoasiga zarar keltirib, jahon chempionatidan ikki kun oldin murabbiy bilan shartnoma tuzdi, endi esa uni haydab yubordi. Menimcha, Lopetegini ayblash kerak emas" - deydi Kalderon.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo