Kalabriya: "Keyingi uchrashuvda ham g'alaba qozonishni istaymiz"

Sherzod Nurmatov
13 apr 2023
"Milan" sardori Davide Kalabriya YCHL 1/4 finali birinchi o'yinida "Napoli" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Bu faqat birinchi o'yin, ish hali yakuniga etgani yo'q. Javob o'yinida bizni qiyin bahs kutmoqda. "Napoli" – kuchli jamoa. Keyingi uchrashuvda ham g'alaba qozonishni istaymiz", – dedi Kalabriya.

Javob o'yini bir haftadan so'ng, 18 aprel kuni Neapolda bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com