Kaka: "Agar PSJ YCHLni yutsa, Neymar dunyodagi eng yaxshi futbolchisiga aylanadi"

Alisher
11 noya 2019
Braziliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Kaka PSJ futbolchisi Neymar haqida fikr bildirdi.

"O'ylashimcha, Neymar dunyoning eng kuchli futbolchisi bo'lishga yaqin. U Braziliya terma jamoasida ham, Parijda ham yulduz sanaladi.

Agar PSJ bu yil Yevropa Chempionlar Ligasini yutsa, Neymar dunyodagi eng kuchli futbolchiga aylanadi", - deydi Kaka.

Eslatib o'tamiz, Neymar dunyodagi eng qimmat futbolchi sanaladi. PSJ 2017 yilda "Barselona"ga Neymar uchun 222 million evro to'lagan.


AlisherMuallif
Manba: FOX Sports