K-liga. “Seongnam” durang o'ynadi. Iskanderov zaxiradan maydonga tushdi

Mirjalol Normatov
12 sen 2021
Janubiy Koreya K-ligasining 29-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Hamyurtimiz Jamshid Iskanderov to'p tepayotgan “Seongnam” o'z maydonida “Seul”ni qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. 

O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Iskanderov 66-daqiqadan zaxiradan maydonga tushdi.

K-liga, 29-tur

“Seongnam” – “Seul” – 1:1


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia