

Uchrashuvning 90 daqiqasida hisob ochilmadi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda esa muxlislar ikkita gol guvohiga aylanishdi. Dastlab Timo Lechert 90+2 daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 90+8 daqiqada Xan Gug Yon muvozanatni tikladi. O'yinda boshqa hisob o'zgarmadi.
Mezbonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Ikrom Aliboev 27-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi va uchrashuv so'ngiga qadar harakat qildi.
Mazkur bahsdan so'ng "Kanvon" 14 ochko to'plagan holda xavfli zonada - 11-o'rinda bormoqda.



