K-Liga 2. “Anyang” 4-turga kelib g'alaba qozondi, G'iyosov esa zaxiradan tushib gol urdi

Alisher
27 may 2020
Janubiy Koreya 2-divizioning navbatdagi turi doirasida “Anyang” mehmonda "Seul I-Lend" bilan o'ynadi.

K-liga 2. "Seul I-Lend" - "Anyang" 0:2

O'yin 0:2 hisobida "Anyang"ning g'alabasi bilan yakunlandi. E'tiborlisi, 2-taym oldidan maydonga tushgan hamyurtimiz Xurshid G'iyosov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Futbolchimiz 81-daqiqada penaltidan gol urdi. Ushbu o'yindan so'ng "Anyang" 7-o'ringacha ko'tarilib oldi.

Jamoa Janubiy Koreya K-liga 2'ning 5-turi doirasida "Chonnam Dregonz"ga qarshi bahs olib boradi. 


AlisherMuallif
Manba: championat.asia