Joze Mourinyo: "Uning o'yinlarini ancha vaqtdan buyon kuzatib yurgandik"

Mirjalol Normatov
6 iyun 2018
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo himoyachi Diogo Dalotning transferi borasida gapirdi.

"Diogo - juda iqtidorli futbolchi. Biz uning o'yinlarini ancha vaqtdan buyon kuzatdik va sifatlariga baho berib bo'ldik. "Portu" akademiyasi Dalotni har jabhada: jismoniy, taktik intellekt, texnik sifatlarini yaxshi rivojlantira olgan va professional futbol hayotiga yaxshi saviyada olib kirgan", - dedi Mourinyo.

"Manchester Yunayted" Dalotni "Portu"dan 17,5 mln funt evaziga transfer qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com