Joze Mourinyo Liga kubogidagi mag'lubiyatdan keyin "Bristol" kiyinish xonasiga kirdi

Tolibjon Qosimov
22 dek 2017
"Bristol Siti" himoyachisining ma'lum qilishicha, Liga kubogida "Manchester Yunayted" uchtidan qozonilgan g'alabadan keyin Joze Mourinyo ularning kiyinish xonasiga kirgan.

O'sha uchrashuvning 90+3 daqiqasida Chempionship klubi a'zosi Korey Smit tomonidan kiritilgan gol kamtargina jamoaga g'alaba keltirgan edi. O'yindan so'ng, Mourinyo Chempionship ham ajoyib musobaqa ekanligini tasdiqlagan va raqibni yutuqlari bilan tabriklashga ulgurganini ma'lum qilgan edi.


Mourning "Bristol" kiyinish xonasiga kirishi haqida himoyachi Xordur Magnusson shunday dedi: "Bu siz oldin ko'rmagan narsa va albatta unda ishtirok etish qiziqarli.
Mourinyo kiyinish xonasiga tashrif buyurdi. U bizni ajoyib spektakl uchun maqtadi va bizga omad tiladi".


Esingizda bo'lsa, Joze Mourinyo APL 16-turi doirasida "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2)dan keyin ham raqib kiyinish xonasiga kirgan va natijada u erda janjal kelib chiqqan edi. Bu safar esa "Special One" shogirdlarini mag'lub etgan raqibni tabriklash uchun o'sha ishni takrorladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mirror.co.uk