Joze Mourino: “Agar CHLga yo'llanma ololmasakk, demak bunga munosib emasmiz”

Aslanov Jasurbek
10 may 2017
“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourino Yevropa ligasining ½ finali javob uchrashuvi – “Selta”ga qarshi bahs oldidan jamoasi uchun kelasi mavsumda Yevropa Chempionlari ligasida ishtirok etish muhimligini ta'kidladi.

“Motivaciya jihatidan biz bu bahsda “Selta” bilan bir xil darajadamiz. “Selta” uchun bu bahs, ularning so'zlariga ko'ra, jamoa tarixidagi eng muhim bahs.

Biz uchun ham bu bahsning natijasi o'ta muhim. Ilgari nima bo'lgani qiziqmas. Kelgusida nima bo'lishi barcha uchun qiziq.

Agar biz Chempionlar ligasiga yo'l ola bilmasak, demak biz u musobaqada o'ynashga loyiq emasmiz. Shubhasiz, bu turnirda ishtirok etish istagi yuqori. Lekin menimcha, biz eng asosiy e'tiborni ertangi bahsda g'alaba qozonishimizga qaratishimiz lozim”, dedi manchesterliklar bosh murabbiyi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «МЮ» расмий сайти