Jorkaeff: "Agar PSJ "Real"dan o'tsa, Chempionlar ligasida g'olib bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
16 dek 2017
Fransiya terma jamoasi va PSJ sobiq futbolchisi Yuriy Jorkaeffning fikricha, agar parijliklar Chempionlar ligasida "Real"da o'ta olishsa, turnirda g'olib bo'lishlari mumkin.

"To'g'irisi aytsam, qur'ada men qo'rqqan yagona klub "Real" edi. PSJ Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida ko'plab jamoalardan kuchli. Ammo "Real" - juda qiyin. Madridliklar so'nggi to'rt yilda Chempionlar ligasida uch marta g'olib bo'ldi. "Real" - PSJ uchrashuvini butun dunyo kuzatadi. Agar parijliklar "Real"dan o'tsa, ular oxirigacha borishi mumkin. Aksi bo'lsa, mavsum oxiri parijliklar uchun juda uzoqdek tuyuladi" - deydi Jorkaeff.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien