Jorjio Kellini: "Maydonga fevral-mart oylarida qaytishga umid qilaman"

19 noya 2019, 19:45
"Yuventus" himoyachisi Jorjio Kellini qachon safga qaytishini rejalashtirayotgani borasida gapirdi.

O'tgan avgust oyining oxirida 35 yoshli o'yinchi mashg'ulotlar paytida o'ng tizzasidan jiddiy jarohat olgandi. 

"Maydonga fevral-mart oylarida qaytishga umid qilaman. Afsuski, bunga hali ancha bor. Bir necha kunlarni xorijda o'tkazdim. Reabilitaciyani davom ettirish uchun ertaga ortga qaytib kelaman. Hammasi yaxshi ketmoqda, lekin sabrli bo'lish kerak", – deydi Kellini.


Manba: football-italia.net