Jorjina Rodriges Ronaldu bilan qayerda tanishganini aytib berdi

Aslanov Jasurbek
6 apr 2019
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges ularning munosabati qanday boshlanganini aytib berdi.

"Ronaldu bilan birinchi marta Gucci do'konida ko'rishganman, o'sha yerda sotuvchi bo'lib ishlardim. Bir necha kun o'tib boshqa brendning tadbirida yana bir-birimizni ko'rdik va o'shanda suhbat qurganmiz. Ikkalamiz ham bir qarashda bir-birimizni sevib qolganmiz.

Oilam qayerda bo'lsa, uyim o'sha joyda. Bolalarim va umr yo'ldoshim davrasida o'zimni baxtli his qilaman. Bizning uyimiz muhabbatdan qurilgan" - dedi Jorjina Rodriges.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Elle