

O'yin qiyin bo'ldi. har daqiqada raqib futbolchisining maydonda yotgani sababli o'yin tempi tushib ketdi. Bir vaqtning o'zida 2-3 nafar futbolchi maydonda yotibdi, men bunday futbolga o'rganmaganman.
Bugungi natija meni umuman xavotirga solmaydi, chunki biz bugun futbol ko'rmadik. Men bunday zerikarli va kulguli futbol o'ynab ko'rmaganman. Men 35 yillik faoliyatimda Navbahordek vaqtni cho'zib, anti-futbol o'ynaydigan jamoani ko'rmaganman.
Biz futbol o'ynashni xohlamaydigan jamoaga qarshi bahs olib bordik. Barcha hakamning harakatlarini ko'rdi, uning darajasi raqibimiz bilan bir xil ekan.



