Jordan Xenderson: "Liverpul"dagi hech kim qolishimni istamadi"
Omonjon To`xtamirzayev
6 sen 2023, 18:35
"Al Ittifoq" futbolchisi Jordan Xenderson sobiq klubi "Liverpul"dan kyetishi haqida gapirdi.
"Klubdagi biror-bir inson menga "Ketma, biz qolishingni istaymiz", demadi. Bu meni klubdan xaydab yuborishdi deganimas, ammo men klub yoki unda faoliyat olib borayotgan biror-bir inson qolishimni xohlashini ko'rmadim. Demak, kyetish vaqti kelgandi".