Jonibek Ko'chimov: "Zomin"ga faqat omad etishmadi"

Narzulla Saydullayev
6 may 2018
PRO-Liga 7-turidan o'rin olgan “Yozyovon”- “Zomin” (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topilgan Jonibek Ko'chimov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Jonibek, bugungi uchrashuvda mehmonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topilganligingiz bilan tabriklaymiz. O'yin haqidagi fiklaringiz...
- Uchrashuv qiyin bo'ldi. Biz bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushgandik. Buning boisi agar bugungi o'yinda g'alaba qozonsak, PRO-Liga “V” guruhida birinchi o'ringa ko'tarilib olishimiz mumkin edi. Bugungi o'yinda bizga faqat va faqat omad etishmadi deb o'ylayman. Jamoamiz yomon o'yin ko'rsatmadi. Uchrashuvda bir necha marta gol bo'lishi kerak bo'lgan holatlarda to'p raqib darvozasiga kirishni xohlamadi.  

- Kelajakdagi rejalaringiz haqida gapirib o'tsangiz...
- Kelajakdagi rejalarim – bugungi kunda yangicha yondashuv asosida yanada chiroy ochib borayotgan Superliga klublarida o'ynash. Shuningdek o'z ustimda muntazam ishlab, o'yinlarimni yanada kuchaytirib, O'zbekiston milliy terma jamoasi safida to'p tepish rejalarim bor.  

Bekzod Tolibov yozib oldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia