Jon Terri o'zining APL ramziysiga "Manchester Yunayted"ning 8 futbolchisini kiritdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
19 dek 2017
"Chelsi"ning afsonaviy sardori Jon Terri o'zining APL ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Terri "Sky Sports" telekanalining "Monday Night Football" dasturi mehmoni bo'ldi. Unda himoyachi Premer-liga tarixidagi eng kuchli futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi. Shart shu edi-ki, Jon ushbu tarkibga "Chelsi"da to'p tepgan o'yinchilarni kiritmasligi kerak edi.

Shu tariqa, Jon Terrining fikricha, Premer-liganing eng kuchli 11 futbolchisi tarkibiga 8 nafar MYU o'yinchilari kirdi.

Jon Terrining APL ramziy terma jamoasi ("Chelsi" futbolchilarisiz):

Darvozabon:
David De Xea ("Manchester Yunayted");
Himoyachilar: Gari Nevill, Rio Ferdinand, Patris Evra (hammasi "Manchester Yunayted"), Jeymi Karrager ("Liverpul");
Yarim himoyachilar: Krishtianu Ronaldu, Pol Skoulz, Rayan Giggz (hammasi "Manchester Yunayted"), Stiven Jerrard ("Liverpul");
Hujumchilar: Ueyn Runi ("Manchester Yunayted"), Terri Anri ("Arsenal").


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: skysports.com