Joel Kojo: "Futbolga ishqibozlik qiladigan har bir muxlisini yaxshi ko'raman"

Alisher
14 apr 2024
O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Dinamo" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Joel Kojo o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Bu uchrashuvga eng yaxshilar qatorida tarif berish mumkin.

- Kiritgan golingiz haqida fikringiz?

- Hujumchining vazifasi gol urish. Gol urib jamoamga yordam bergan bo'lsam, bundan xursandman.

- Kelgusidagi maqsadlaringiz...

- Oldinda bizni uzoq mavsum kutib turibdi. Har bir o'yinda maydonga chiqib, jamoam uchun nafim tegishini istayman.

- Natijadan qoniqdingizmi?

- Albatta, zo'r o'yin bo'ldi. Bu futbol, unda turli-tuman natijalar bo'lib turadi.

- "Andijon" fan klubi haqida fikringiz qanday?

- Men futbolga ishqibozlik qiladigan har bir muxlisni yaxshi ko'raman. "Andijon" yoki "Dinamo" muxlisi bo'lsa ham o'z hurmatimni bildiraman.



AlisherMuallif
Manba: championat.asia