Joel Kojo Cuperligadagi debyut goli va Neftchi bilan o'yin haqida gapirdi

Khoja
10 mar 2024
Superliga 2-turi doirasidagi Dinamo - Neftchi o'yini oldidan Dinamo forvardi Joel Kojo o'yin haqida gapirdi.

Neftchiga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Neftchi ham Navbahordan kam bo'lmagan raqib, ularga qarshi o'yinda bor kuchimizni ishga solamiz va oxirigacha kurashamiz. O'yinga tayyormiz desam bo'ladi.

Superligadagi debyut golim? Pro ligami, Superligami farqi yo'q, istalgan payt borimni berishga tayyorman. Chunki har doim kurashga va nimalarga qodirligimni ko'rsatishga shayman. Jamoamizda atmosfera, kayfiyat yaxshi, o'zimga ham, jamoamizga ham to'liq ishonaman.

Jizzaxdagi stadionda muxlislarimiz qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi. Chunki futbolni ishqibozlarsiz tasavvur qilish qiyin, - deydi Kojo.


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/FCDinamo1960