Jo Xart: "Italiyaga kelib, futbol faqat Angliya atrofida emasligini tushunib etdim"

Tolibjon Qosimov
10 dek 2016
"Manchester Siti"ning "Torino"da ijarada o'ynayotgan darvozaboni Jo Xart Italiya chempionatida tajriba to'playotganligidan xursandligini aytib o'tdi.
"Torino"daligimdan xursandman. Bu erda barcha narsa men uchun yangi. Lekin, bu erda ajoyib tajriba va ajoyib do'stlar orttiryapman.

Bu erda futbol faqat Angliya atrofida emasligini tushunasan. Italiyada futbolga bo'lgan muhabbat yuqori. Ushbu tajriba meni yanada kuchaytiradi.

Kelajagim? Hozircha bilmayman. Haliyam "Manchester Siti" futbolchisman. Ammo, yozda barchasi hal bo'ladi", - deydi Xart.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Omnisport