Jo Xart faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin

30 may 2018, 16:27
Ayni paytda "Vest Xem" klubida ijara asosida faoliyat olib borayotgan "Manchester Siti" darvozaboni Jo Xart Lissabonning "Sporting" jamoasiga ko'chib o'tishi mumkin.

Portugaliya klubi darvozabonga haftasiga 140 ming funtlik maosh bilan shartnoma taklif qildi. "Shaharliklar" posbon bilan xayrlashishga tayyor. Avval "Vest Xem" Jo Xartni sotib olishni xohlamagan edi. "Sporting" klubi Jo Xartni "Napoli"ga ko'chib o'tayotgan Ruy Patrisiuning o'rniga ko'rmoqda.


Manba: footballhd.ru