

Bahsning 57 daqiqasiga kelib mehmonlar yirik 0:4 hisobida oldinga o'tib olishdi. Bu hisob 71 daqiqaga qadar o'zgarmadi. Shundan so'ng, haqiqiy triller boshlandi. Jae-Van Cho o'rtadagi farqni qisqartirgan bo'lsa, mezbonlarning kiprlik legioneri Valentinos Sielis Gangvonning ikkinchi golini urdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda esa yana o'sha Jae-Van Cho ikkita gol urib, muvozanatni tikladi. 90+6 minutda Jo-Guk Jung raqiblar darvozasiga beshinchi to'pni kiritib, o'yinga nuqta qo'ydi.
Mazkur comebackdan so'ng, Gangvon klubi ochkolari sonini 24taga etkazib, 5 o'ringa ko'tarildi. Poxang Stilers esa 20 ochko to'plagan holda 7 pog'onada turibdi.
K-League. 17 tur.
Chxunchxon Songam
Gangvon - Poxang Stilers 5:4 (0:2)
Gollar: 18 - Vanderson 0:1, 39 - Vanderson 0:2, 54 - Li Seok Xyun 0:3, 57 - Vanderson 0:4, 71- Jae-Van Cho 1:4, 79 - Valentinos Sielis 2:4, 90+2- Jae-Van Cho 3:4. 90+4 - Jae-Van Cho 4:4, 90+6 - Jo-Guk Jung 5:4.




