

Shu sabab 12 aprel kuni xalqaro "kosmonavtika" kuni nishonlanadi va Yuriy Gagarin nomiga ko'plab ko'chalar va shaharlar nomlangan, bizning yurtimiz ham bundan istisno emas. Biz bugun koinotdagi birinchi inson sharafiga nomlangan, Jizzax viloyatidagi kichik bir shaharda tug'ilgan futbolchi va faoliyati davomida Yevropa chempioni bo'lishga muvofiq bo'lgan va Angliya, Italiya va Ispaniya chempionatlarida to'p tepgan futbolchi Dimitrios Papadopulos faoliyatiga nazar tashlaymiz.

Bolaligi va futbolga kirib kelishi
Grek millatiga mansub bo'lgan Dimitros - 1981 yilning 20chi oktyabr sanasida gretsiyalik muhojirlar oilasida tug'ilgan. Dimitrios bolalik davrini Qozog'iston (Gagarin shahrining aholisi asosan qozoqlar) bilan chegaradosh bo'lgan Gagarinda o'tkazgan. Dimitrios futboldagi birinchi qadamlarini O'zbekistonda aynan Jizzaxda tashlagan, qahramonimiz maktab jamoasida to'p tepishni boshlagan va futboldagi birinchi saboqlarini Gagarinda olgan. 1989 yilda Dimitrios 7 yoshga to'lganda oilasi bilan Gretsiyaga ko'chib ketishgan.

Futbolchilik faoliyati
Gretsiyaga ko'chib o'tganidan so'ng Dimitrios Gretsiyaning "Akratitos" klubi akademiyasida tarbiyalangan va shu klubning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yevropa chempioni 1999 yili "Akratitos" klubining asosiy tarkibida debyut qiladi va 2001 yilga qadar ushbu klubda to'p suradi va ikki mavsum davomida 57ta uchrashuvda ishtirok etib 20ta gol uradi. 2001 yilda esa Dimitrios Angliyaning "Byornli" klubiga ko'chib o'tadi. Papadopulos ikki yil davomida Angliyada to'p suradi va 35ta uchrashuvda 6ta gol uradi. Angliyada "ketmoni uchmagan" qahramonimiz 2003 yil Gretsiyaga qaytadi va "Panatinaikos" safiga borib qo'shiladi va ushbu jamoa safida faoliyatidagi "oltin davr"ini o'tkazadi. 2003-2008 yillar davomida qahramonimiz "Panatinaikos" safida 125ta uchrashuvda maydonga tushib 52ta gol urishga muvofiq bo'ldi. 2008 yilda esa futbolchi bir mavsum Italiya klubi "Lechche"da to'p surdi va "Dinamo Zagreb"da ham ijara asosida to'p surishga ulgurdi. Italiyada omadsizlikka uchragan Jizzax farzandi 2010-2012 yillar oralig'ida "La liga" ishtirokchisi "Selta" safida harakatlandi va asosan zaxira futbolchisi sifatida to'p tepdi. 2012 yili Gretsiyaga qaytgan Papadopulos keyingi besh mavsum davomida Gretsiyaning: "Paok", "Pantrakikos", "Atromitos", "Asteras" va "Panetolikos" klublarida faoliyat yuritdi va faoliyatini "qadrdon" "Akratitos" klubida yakunladi.

Terma jamoadagi faoliyati
Dimitrios Papadopulos faoliyati davomida Gretsiya terma jamoasida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urgan. Dimitrios 2004 yilda Portugaliyada bo'lib o'tgan Yevropa chempionatida Gretsiya tarkibidan joy olgan va turnir davomida 2ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Qo'shimcha ma'lumotlar
Dimitrios Papadopulosning otasi "Paxtakor" muhlisi bo'lgan va "Paxtakor" tarihidagi eng yaxshi futbolchilardan biri Vasilis Xadzipanagisning muxlisi bo'lgan.
Abdulvosit Bektemirov



