"Jiru yaxshi yigit". Grizmann Olive hamda Benzema o'rtasidagi janjalga aralashdi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2020
"Barselona" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Karim Benzemaning Olive Jiru haqida aytgan so'zlariga fikr bildirdi.

Oldinroq, "Real" forvardi "Instagram"dagi jonli efirda Jiru bilan solishtirish haqidagi savolga javob berayotib, quyidagi gapni aytgan edi: "Keling "Formula-1"ni  karting bilan tenglashtirmaymiz".


"Bunga izoh bera olmayman, bu muammolarga sabab bo'lishi mumkin. Jiru menga yoqadi, u yaxshi yigit. Olive jahon chempioni bo'lishimizga yordam berdi. Bu hayotimizdagi muhim voqea bo'lgan"  - dedi Grizmann "Twitch"dagi jonli efirda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le 10 Sport