Jiru: "Mbappe dunyoning eng zo'rlaridan. Unga katta e'tibor qaratishimiz kerak"

Mirjalol Normatov
25 okt 2023, 01:25
"Milan" hujumchisi Olive Jiru PSJdagi terma jamoadoshi Kilian Mbappeni dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb atadi.

PSJ va "Milan" ertaga YCHLning 3-turi doirasida maydonga tushadi.

"Kilian Mbappeni juda yaxshi bilaman. U bilan deyarli 6 yil davomida Fransiya termasi tarkibida o'ynaymiz. Uning iqtidorini barcha biladi. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri ekanligini yaxshi bilamiz. Shu sababli Kilianga katta e'tibor qaratishimiz kerak. Shu bilan birgalikda, uning jamoadoshlariga ham. Chunki PSJ juda-juda zo'r jamoa", - dedi Jiru.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport