

RB Sport"ning xabariga ko'ra, "Krasnodar" yarim himoyachisi "Jirona" e'tiborini o'ziga qaratgan. Ma'lum bo'lishicha, klub Spercyanni ma'lum vaqtdan buyon kuzatib kelmoqda va yanvar oyida uning vakillari bilan aloqaga chiqishga ham ulgurgan.
E'tiborli jihati, futbolchi hamkorlik qiladigan RP agentligi Eduard faoliyatini Italiyada davom ettirishini ko'proq istamoqda. Eslatib o'tamiz, qishda "Yuventus" Spercyanga qiziqayotgani haqida mish-mishlar tarqalgandi.
Rossiya chempionati joriy mavsum 19 uchrashuvida Spercyan hisobida 8 ta gol va 2 assist mavjud.



