

Darvozabon o'z maydonchasidan tashqarida to'pni qo'li bilan ushlab oldi va hakam tomonidan chetlatildi. "Nyukasl"ning keyingi bahsi "Manchester Yunayted"ga qarshi Angliya liga Kubogi final o'yini bo'ladi.
Poup diskvalifikaciya tufayli finalda qatnashmaydi, ikkinchi posbon Martin Dubravka esa mavsumning birinchi qismini MYUda o'tkazgan va Angliya liga Kubogi bahsida maydonga tushgan. Shu sabab Dubravkani ham ro'yxatdan chiqarib yuboramiz.
Tarkibda faqatgina 2022 yilning sentyabrida erkin agent sifatida shartnoma imzolangan Karius qoldi. Bir haftadan so'ng 90 ming muxlis sig'adigan "Uembli"da u "Nyukasl" darvozasini qo'riqlaydi.


