

Yil laureatlarini taqdirlash marosimida barcha nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilar nomi e'lon qilindi. Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Moskvaning Lokomotiv klubi himoyachisi Vitaliy Denisov OAV hodimlari o'rtasida o'tkazilgan so'rov natijalari yakuniga ko'ra O'zbekistonning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo'lsa, O'zbekiston Milliy Chempionati bronza medali sohibi va O'zbekiston Kubogi finalchisi Qarshining Nasaf klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
SO'ROVNOMA
2012 yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha OAV xodimlari o'rtasidagi so'rovnoma 22 noyabr kuni boshlanib, eng so'nggi ovozlar 5 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:00gacha qabul qilindi. Bu yilgi so'rovnomada matbuot, radio va televidenie, Internet OAVda, futbol klublari, hududiy futbol federatsiyalari va boshqa idoralarning matbuot xizmatlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar, shuningdek, mustaqil jurnalistlar va bloggerlar, jami 70 nafar OAV xodimlari ishtirok etishdi.
ESLATMA
O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlashda faqat O'zbekistonlik futolchi va murabbiylarga berilgan ovozlar soni qabul qilindi. So'rovnomada O'zbekiston Milliy Chempionatida faoliyat olib borayotgan legioner futbolchi va murabbiylarga berilgan ovozlar qabul qilinmadi. So'rovnomada o'zbekistonlik bo'lmagan (legioner) futbolchilarga berilgan ovozlar o'rni bo'sh qoldirildi.
2013 yilgi so'rovnomada ishtirok etgan OAV xodimlari va berilgan ovozlar bilan maxsus faylni saqlab olib, tanishishingiz mumkin.
# | Futbolchi | 1-o'rin | 2-o'rin | 3-o'rin | Jami ball |
1 | Vitaliy Denisov | 44 | 6 | 3 | 147 |
2 | Jamshid Iskanderov | 6 | 12 | 14 | 56 |
3 | Odil Ahmedov | 2 | 17 | 4 | 44 |
4 | Aziz Haydarov | 4 | 4 | 3 | 23 |
5 | Sardor Rashidov | 9 | 4 | 22 | |
6 | Islom To'xtaxo'jaev | 1 | 2 | 4 | 11 |
7 | Temur Kapadze | 1 | 1 | 3 | 8 |
8 | Igor Sergeev | 8 | 8 | ||
9 | Ignatiy Nesterov | 1 | 1 | 1 | 6 |
10 | Aleksandr Geynrix | 3 | 6 | ||
11 | Vohid Shodiev | 1 | 3 | 5 | |
12 | Vladimir Kozak | 5 | 5 | ||
13 | Farhod Tojiev | 1 | 1 | 4 | |
14 | Jasur Hasanov (B) | 2 | 4 | ||
15 | Server Jeparov | 2 | 4 | ||
16 | Zafar Polvonov | 3 | 3 | ||
17 | Ilhom Shomurodov | 1 | 2 | ||
18 | Shohruh Gadoev | 1 | 2 | ||
19 | Anzur Ismoilov | 2 | 2 | ||
20 | Ilhom Yunusov | 2 | 2 | ||
21 | Abbosbek Maxstaliev | 1 | 1 | ||
22 | Firdavs Asadov | 1 | 1 | ||
23 | Eldor Suyunov | 1 | 1 |
# | Futbolchi | 1-o'rin | 2-o'rin | 3-o'rin | Jami ball |
1 | Ro'ziqul Berdiev | 25 | 16 | 13 | 120 |
2 | Mirjalol Qosimov | 22 | 16 | 10 | 108 |
3 | Dilshod Nuraliev | 14 | 14 | 15 | 85 |
4 | Igor Shkvirin | 5 | 8 | 11 | 42 |
5 | Ahmadjon Musaev | 3 | 6 | 7 | 28 |
6 | Murod Ismoilov | 1 | 5 | 7 | |
7 | Ravshan Haydarov | 3 | 1 | 7 | |
8 | Davron Fayziev | 2 | 2 | 6 | |
9 | Baxtiyor Ashurmatov | 2 | 1 | 5 | |
10 | Yuriy Lukin | 1 | 2 | 4 | |
11 | Azamat Abduraimov | 1 | 3 | ||
12 | Hakim Fuzaylov | 1 | 1 | 3 | |
13 | Amet Memet | 1 | 1 | ||
14 | Rustam Mirsodiqov | 1 | 1 |



