Jilardino "Jenoa" bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sherzod Nurmatov
28 dek 2022, 12:49
Klub B Seriyada 3-o'rinni egallab turibdi.

Alberto Jilardino "Jenoa" bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.

Bungacha 40 yoshli italiyalik genuyaliklar bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi bo'lib ishlab kelayotgandi. 

"Jenoa" Jilardino qo'l ostida 4 o'yinda 10 ochko jamg'argan va 19 turdan keyin B Seriya jadvalida peshqadam "Frozinone"dan 6 ochko ortda qolgan holda 3-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Jilardino may oyida o'zbek futbolining 110 yillik tadbirlari doirasida A Seriya afsonalari bilan birgalikda O'zbekistonga kelgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: genoacfc.it