Jeydon Sanchoning yangi klubi ma'lum, u Yevropaning grand klubiga o'tmoqda

Alisher
28 avg 2024
Jeydon Sancho "Yuventus"ga o'tishga yaqin.

Turin klubi xarid qilish majburiyati bilan 24 yoshli vingerning ijarasi borasida MYU bilan kelishuvga erishdi, bu haqda jurnalist Fabris Xokins xabar bermoqda. Sancho transferga rozi.

Angliyalik yozda MYUga "Borussiya" (Dortmund)dagi ijaradan so'ng qaytdi. U nemis jamoasiga qishda yo'l olgandi.

O'yinchi Bundesliga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: x.com/FabriceHawkins