Jeydon Sancho Saudiya Arabistoni klubidan ajoyib taklif oldi

Nozimov Nig'monxo'ja
20 noya 2023
Saudiya Arabistoni Pro-ligasi klubi “Manchester Yunayted” vingeri Jeydon Sanchoga ajoyib taklif bilan chiqdi.

Ammo bu qanday klub ekanligi va futbolchi qanday qarorga kelgani hozircha noma'lum.

Shuningdek, 23 yoshli vingerga "Borussiya D" va "Yuventus" jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. Biroq ularni ingliz futbolchining maoshi o'ylantirib qo'ymoqda. Sancho MYUda haftasiga 300 ming funt maosh oladi.

Sancho MYUga "Borussiya D"dan2021 yil 73 mln funt sterling evaziga ko'chib o'tgandi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com