Jerrard: "Ufa"dan o'ta olmaslik "Reynjers" uchun sharmandalik bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
24 avg 2018, 10:44
"Reynjers" bosh murabbiyi Stiven Jerrard "Ufa"ga qarshi bo'lib o'tgan Yevropa ligasi pley-off bosqichining birinchi uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Glazgodagi "Aybroks" stadionida o'tgan o'yin 1:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

"Bu ustunlik etarlimi? Albatta, ammo raqibni yirik hisobda mag'lub etishni istagan edik. Kelasi haftada javob o'yini bo'ladi va birinchi bahsda nolga o'ynaganimiz bizga foyda keltiradi. Raqibni hurmat qilamiz, o'zimizni qahramon va jangchilardek ko'rsatishimiz kerak.

Yevropa ligasi guruh bosqichiga chiqa olmaslik va "Ufa"ga mag'lub bo'lish "Reynjers" uchun sharmandalik bo'ladi. Uyga alam bilan qaytmoqchi emasman" - deydi Jerrard.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Record