Jerrard shu hafta "Aston Villa" bosh murabbiyiga aylanishi kutilmoqda

Aziz Tukhtamuradov
10 noya 2021
"Reyndjers" bosh murabbiyi Stiven Jerrard "Aston Villa"ni boshqarishi mumkin.

"Liverpul" sobiq futbolchisi "Aston Villa" taklifini qabul qilishga tayyor. U juma kuni jamoa boshqaruvini qo'lga olishi mumkin. Birmingemliklar "Reyndjers" bilan kompensaciya pulini ham kelishishga yaqinlar. 

Jerrard bu orqali "Aston Villa" tarixidagi eng yuqori maosh oluvchi murabbiyga aylanadi.

Ma'lumot uchun, Stiven Jerrard 2017-2018 yillarda "Liverpul"ning 19 yoshlilar jamoasida ishlagan. 2018 yilda esa "Reyndjers" bosh murabbiyiga aylanib, 2020/21 yilgi mavsumda jamoa bilan Shotlandiya chempioni bo'ldi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/iammrazul