Jermeyn Defo APLning afsonaviy o'yinchilari qatoriga kirdi FOTO

Tolibjon Qosimov
16 sen 2017
Kecha tunda Angliya Premer-ligasining 5-turiga start berildi.

Turni boshlab bergan bahsda "Bornmut" klubi "Brayton"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda mezbonlarga g'alaba keltirgan golni 73 daqiqada Jermeyn Defo kiritdi. Shu tariqa, Defo APLda 17 va undan ko'p mavsumda gol urishning uddasidan chiqqan afsonaviy futbolchilar orasidan joy oldi.

Angliya Premer-ligasida 17 va undan ko'p mavsumda gol urishni uddalagan futbolchilar:

Rayan Giggz - 21 mavsum
Pol Skoulz - 19 mavsum
Frenk Lempard - 18 mavsum
Jon Terri - 17 mavsum
Jermeyn Defo - 17 mavsum


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia