

O'sha paytda futbolchi “Bavariya” sharafini himoya qilayotgandi.
“Men butkul “Bavariya”dan kyetishni istayotgandim. “Liverpul” va “Atletiko” meni o'z safiga chorlayotgandi. Brendan Rojers Braziliyada o'tgan Jahon chempionati arafasida bir necha bor meni o'z jamoasiga taklif etgandi. Ammo “Bavariya” meni kyetishimga qarshilik qilgandi”.
Shveytsariya terma jamoasi a'zosi 2015 yil Milanning “Inter” jamoasiga o'tgan va yarim yil Italiyada to'p tepib, hozirgi jamoasiga o'tib ketgandi.
“Ochig'ini aytadigan bo'lsam “Inter” jamoasining infrastrukturasi bu shunchaki uyat. Shu darajada mashhur klub o'z infrastrukturasini yaxshila olmasligi kishini ajablantiradi. Jarohatdan keyingi reabilitaciya markazlari, nazariy strukturalar, mashg'ulotlar uchun sharoit – bularning barchasi Angliyada boshqa joyga qaraganda ancha yuqori darajada”, deya ta'kidlab o'tdi Shakiri.



