"Jenoa" o'rtoqlik o'yinida g'alabaga erishdi. Shomurodovdan gol

Mirjalol Normatov
21 iyul 2021
Avstriyada yig'in o'tkazayotgan "Jenoa" jamoasi navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Unda raqib sifatida mahalliy "Vakker" jamoasi tanlandi. Qayd etish kerak, bahsdagi ikkinchi golga Eldor Shomurodov mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, Eldor 17 iyul kuni "Shtubay"ga qarshi o'tgan nazorat o'yinida ham gol urishga erishgandi

Shu orqali "Jenoa"ning navbatdagi o'rtoqlik o'yini 24 iyul kuni PSJga qarshi bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia