

Quruq o'yin o'tkazganimizdan xursandman. So'nggi paytlar bunga alohida e'tibor berayotgandik. Men jamoaning rivojlanishidan va asosiy tarkib a'zosi bo'lmagan, biroq doim ixtiyorimda bo'lganlardan mamnunman. Endi yakshanba kuni “Roma”ga qarshi kechadigan jiddiy uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Ha, “Shaxtyor” qishki tanaffus tufayli ikki oy davomida o'ynamayotgandi, ammo “Roma”ga qarshi o'yinda doneckliklar 45 daqiqa davomida yetakchilik qildi, - deydi Gattuzo.



