Jennaro Gattuzo Fransiyada ish boshlashi mumkin

Nozimov Nig'monxo'ja
11 sen 2023, 08:55
“Lion” rahbariyati yaqin kunlar ichida Jennaro Gattuzo bilan muzokara boshlaydi.

Italiyalik mutaxassis ham “Valensiya”ni tark etganidan so'ng o'zini Fransiyada sinab ko'rishga qarshi emasligini ma'lum qilgan.

 Avvalroq, “Lion” Marselo Galyardo, Tyago Motta, Uillu Stillu va Grem Potterga taklif bilan chiqqandi, biroq hech bir murabbiy ushbu ishni ma'lum sabablarga ko'ra olishni istamagandi.

 Eslatib o'tamiz, “Lion” ayni vaqtda Liga 1 bahslarining to'rtinchi turidan so'ng bir ochko bilan turnir jadvalining 19-pog'onasida ketmoqda.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com