JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgan futbolchilarimizga qanday mukofotlar berilishi ma'lum

Aziz Tukhtamuradov
6 iyun 2025
Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Jahon chempionati yo'llanmasi qo'lga kiritilgach, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev terma jamoamiz a'zolari bilan telefon orqali suhbatlashdilar va futbolchilarga "O'zbekiston iftixori" unvoni berilishini ma'lum qildilar.

Shuningdek, Championat.asia sayti fotosuratchisi Jahongir Fayzullaevning o'z telegram kanalida yozishicha, futbolchilarimizga BYD Champion avtomobili sovg'a qilinadi. 

Unvon va sovg'alar qulluq bo'lsin futbolchilarimizga!


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Championat.asia